TOShKENT, 5 sen — Sputnik. 2023 yilning birinchi yarmida yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) barcha mamlakatlarida real daromadlar oshdi. Bu Yevroosiyo Iqtisodiy komissiyasining (YeIK) statistik ma’lumotlaridan aniq bo‘ldi.
Mutaxassislar 2023-yilning yanvar-iyun oylarida YeOIIning barcha davlatlarida nominal va real ish haqi o‘sganini qayd etishmoqda. Bunda real ish haqi — tovarlar va xizmatlar iste’mol narxlari indeksiga ko‘ra muvofiqlashtirilgan nominal ish haqiga teng.
O‘rtacha ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari Armaniston va Qirg‘izistonda qayd etildi. 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan + 114,7% va 114,6%. Belarusda 7,4 %, Rossiyada - 6,8% o‘sish kuzatilgan.
YeOIIda 2023-yilda real ish haqi o‘sishi*
O‘sish sur’ati % | Maosh miqdori, $ | |
Armaniston | 14,7 % | 671 |
Belarus | 7,4 % | 633 |
Qozog‘iston | 0,2 % | 780 |
Qirg‘iziston | 14,6 % | 367 |
Rossiya | 6,8 % | 915 |
* 2022-yilning yanvar-iyun oylari uchun real ish haqi miqdoriga nisbatan.