Turkiyadagi sport gimnastikasi bo‘yicha musobaqada Oksana Chusovitina oltin medalga ega chiqdi

Shuningdek, sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chellenj kubogi seriyasida Abdulaziz Mirvaliyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Turkiyaning Mersin shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chellenj kubogi seriyasiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning ayollar o‘rtasidagi tayanib sakrash dasturida Oksana Chusovitina oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
O‘zbekistonlik sportchi o‘zining sevimli dasturida 13.067 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda turkiyalik Bengisi Yildiz va Cheren Binerga nasib etdi.
Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 13.067;
Bengisi Yildiz (Turkiya) – 12.950;
Cheren Biner (Turkiya) – 12.950.
Shuningdek, sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chellenj kubogi seriyasida Abdulaziz Mirvaliyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik sportchi ushbu natijaga tayanib sakrash dasturida erishdi. Uning ijrosi hakamlar tomonidan 14.475 ballga baholandi.
Nazar Chepurniy (Ukraina) - 14.900;
Abdulaziz Mirvaliyev (O‘zbekiston) - 14.475;
Igor Radivilov (Ukraina) - 14.450.