Turkiya Ukraina bo‘yicha vositachilik qilishni rejalashtirmoqda — OAV

Milliyet: Erdog‘an Ukraina bo‘yicha vositachi bo‘lishga tayyorligini e’lon qilishni rejalashtirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Sochida Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida Ukrainadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha vositachi bo‘lishga tayyorligini ma’lum qilmoqchi, deb yozdi Milliyet gazetasi manbalarga tayanib.

"Prezident Erdog‘an mintaqada mustahkam tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish muhimligini ta’kidlab, urush tomonlar o‘rtasida mustahkam tinchlikni ta’minlash uchun vositachi rolini o‘z zimmasiga olishga va barcha yordamni, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar tashkil etishga tayyorligini bildiradi", — deyilgan xabarda.

Shuningdek, ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi oldidan “Rossiyaning g‘alla kelishuviga qaytishiga umid borligi” ta’kidlandi.
Putin va Erdog‘an bugun kun o‘rtasida Sochida uchrashadi. Bu ularning deyarli bir yillik tanaffusdan keyingi ilk yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ladi. Prezidentlar Qora dengizdagi don bitimi atrofidagi vaziyat va boshqa masalalarni muhokama qiladi.