"Gektariga 200 tonnagacha hosil": O‘zbekistonda yaratilgan pomidorning yangi navi haqida

Pomidorning mahalliy “Mustaqillik- 28” yangi navi yaratildi. Yangi navning qator afzalliklari bor.
Sputnik
O‘zbekistonda pomidorning yangi sersuv va shirin “Mustaqillik- 28” navi yaratildi. Uni Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari yetishtirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Mazkur yangi navning shirinlilik darajasi 7 foizni tashkil etmoqda. Bu pomidor sharbati va pasta tayyorlash uchun ayni muddao.
Boshqa navlardan farqli o‘laroq, bu pomidorlar ko‘proq hosil beradi. Bir tupidan 2,5 kg, 1 gektar yerdan 180-200 tonnagacha hosil olish mumkin.
“Bu nav xususiyati – bir mavsumda to‘liq pishadi. Terimi birdan kuchli teriladi. Shuning uchun hosilning 90 foizini birdan terib olamiz. Ikkinchi terimda deyarli 10 % hosil qoladi”, - deydi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi rahbari Alisher Ismoilov.
Batafsil - Sputnik videosida.