TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Germaniya kansleri Olaf Shols ikki kun avval sport bilan shug‘ullanayotganda olgan jarohatidan so‘ng X (avvalgi Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida ilk suratni joylashtirdi.
"Men memlarni intiqlik bilan kutapman", — deb yozilgan surat ostida. Suratda kansler qora bog‘ich taqib olgani va yuzining o‘ng tomonida tirnalgan joylarni ko‘rish mumkin.
Shols unga sog‘ayib ketish haqida bildirilgan tilaklari uchun obunachilarga minnatdorchilik bildirdi.
"Spiegel" jurnalining yozishicha, Germaniya hukumati rahbari yugurishga chiqqanida yuztuban yiqilib tushgan. Biroq bugundan boshlab u tasdiqlangan reja asosida ishlashini ma’lum qildi.