TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Bugun, 4-sentabr kuni Toshkent shahri Mirobod va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ta’minot quvuridagi avariya va avariyaviy ishlar olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi:
Mirobod tumani: Oybek, Xonzodabegim, Shevchenko, Turkiston, A. Temur, Nukus, Moshtabib, S. Azimov, S. Baraka, Fidokor, Shahrisabz, Istiqbol ko‘chalari.
Yashnobod tumani: Ya. G‘ulomov, Maxtumquli, To‘ytepa, Elbek ko‘chalari.
Avariyaviy ishlar tugallangandan keyin (taxminan bugun soat 20:00 gacha) issiq suv ta’minoti tiklanadi.