O‘zbekistondan yuk avtomobillari eksporti hajmi oshdi

Yuk avtomobillari eksporti 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 630 taga oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-iyul oylarida 6 ta xorijiy davlatga qiymati 11,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1069 dona yuk avtomobillarini eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
Yuk avtomobillari eksporti 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 630 taga oshgan.
O‘zbekiston 2023-yilning 7 oyida eng ko‘p yuk avtomobillarini Qirg‘iz respublikasiga eksport qilgan (765 dona).
Shuningdek, Qozog‘istonga 256 dona, Ozarbayjonga 32 dona, Tojikistonga 11 dona yuk avtomobili eksport qilingan.