Bogdan Guskov UFC’dagi debutini o‘tkazdi — natija qanday bo‘ldi?

Guskov ishtirokidagi jang 1-raunddayoq yakunlandi.
Sputnik
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Fransiyada bo‘lib o‘tgan navbatdagi UFC turnirida o‘zbekistonlik jangchi Bogdan Guskov shveysariyalik Volkan O‘zdemirga mag‘lub bo‘ldi.
Guskov jangi asosiy kardga kirdi va undan tashqari sportchilar ishtirokida yana 5 ta jang o‘tkazildi.
Bogdan Guskov ishtirokidagi jang 1-raunddayoq yakunlandi. U ilk raundda bo‘g‘ish usuli evaziga mag‘lub bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Bogdanning hisobida 14 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat bor.