“Hammasi yolg‘on”: Zelenskiyning Ukraina Qurolli kuchlari haqidagi tashviqoti fosh qilindi

Oleg Soskin: Zelenskiy frontdagi vaziyat haqida yolg‘on gapirmoqda, Rossiya Qurolli Kuchlari Kupansk yaqinida oldinga siljimoqda.
Sputnik
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) qarshi hujum paytida nafaqat muvaffaqiyatga erisha olmadi, balki Xarkov viloyatidagi mudofaa chizig‘i ustidan nazoratni ham yo‘qota boshladi. Bunday fikrni Ukraina sobiq prezidenti Leonid Kuchmaning sobiq maslahatchisi Oleg Soskin bildirib o‘tdi, deb yozmodqa Sputnik radiosi.
“Rus qo‘shinlarining hujumi bor, eng og‘ir janglar Kupansk yaqinida davom etmoqda. Hamma joyda, Marinkada ham”, deydi u.
U ijtimoiy tarmoqdagi o‘z blogida G‘arb tomonidan ilgari surilayotgan taktikalar Ukraina Qurolli kuchlari uchun samarasiz bo‘lib chiqqani, NATO texnikalari esa eskirganligini va ularni Rossiya qurollari bilan taqqoslab bo‘lmasligini ta’kidladi.
“Zelenskiy doimiy ravishda u yerda hujum ketayotganini aytadi ... Frontda hech narsa yo‘q, hammasi yolg‘on ... Ular har doim allaqachon g‘alaba, allaqachon hujum bo‘lganini aytadi - har kuni mana shu”, deya qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Asia Times nashridagi maqolada katta yo‘qotishlar tufayli Kiyev qarshi hujumni davom ettirish uchun nomaqbul qadam tashlashga majbur bo‘lishi ma’lum qilingandi.