TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik kibersportchilar IESF World Esports Championship 2023” jahon chempionati yarim finaliga chiqishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi “Counter-Strike: Global Offensive” (CS:GO) bo‘yicha jahon chempionati yarim finaliga chiqdi.
"Musobaqa Ruminiyada 25-avgustdan 9-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi. Terma jamoaning yarim finaldagi o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:00da o‘tkaziladi", deyiladi xabarda.
Yarim finalda jamoani Ruslan Gizatov (fr0k), Amirbek Timurov (wetfy), Artem Kim (Manticore), Daniyel Li (icyvl0ne), Ibrohim Abduqodirov (kanshineF) va o‘yinchilar asoschisi Timur Memetov jamoani himoya qiladi.
Jahon chempionatida 24 ta jamoa ishtirok etadi. Sovrin jamg‘armasi 100 ming dollarni tashkil qiladi.
Bungacha terma jamoa jahon chempionatining guruh bosqichidan birorta ham mag‘lubiyatsiz o‘tgandi. Ular Tunis (16:3), Daniya (16:7), Ukraina (16:11),Kolumbiya (16:7) va Saudiya Arabiston (16:3) ustidan g‘alaba qozongan. Chorak finalda “TT.Team” Vengriyani uch uchrashuvdan so‘ng 2:1 hisobida mag‘lub etdi.