TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Eron elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi, deya xabar berdi Tashqi ishlari vazirligi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlagan Eron Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Hamid Nayrobodiyni qabul qildi.
Vazir Elchiga O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
"O‘zbekistonda to‘rt yillik faoliyatini yakunlayotgan Eron Elchisi Hamid Nayrobodiy janoblari bilan uchrashdik. Janob Elchining munosabatlarini har tomonlama faollashtirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholaymiz va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz", deb yozadi Baxtiyor Saidov.
Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi yangi elchisi 2019-yil tayinlangan edi.
Ma’lumot uchun, elchi Eronning Kanberra(Avstraliya)dagi elchixonasida siyosiy masalalar va xalq diplomatiyasi bo‘yicha mutaxassis, Gamburg shahridagi Bosh Konsulxonasi raisining o‘rinbosari, TIVning maslahatchisi lovozimlarida ishlagan.