​​Bugun Islom Karimov xotirasi kuni — video

Karimov mamlakatni 25-yildan ortiq vaqt davomida boshqarib kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. ​​Bugun O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasi kuni.
Islom Karimov 1938-yilda tug‘ilgan. Karimov 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilgan. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston prezidenti etib saylangan.
Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni og‘ir xastalikdan so‘ng 78 yoshida vafot etdi. U mamlakatni 25-yildan ortiq vaqt davomida boshqarib kelgan.
Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrida sobiq Oqsaroy qarorgohi oldida, Samarqand, Qarshi hamda Moskvada uning haykallari tantanali ochilgan.