TOShKENT, 2 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati ilk bor Ukrainaga kam boyitilgan uran snaradlari yuborilishini e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda hujjat va manbalarga tayanib, Reyter agentligi xabar bermoqda, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Bayden ma’muriyati Ukrainaga birinchi marta tarkibida kamaygan uran bo‘lgan zirh teshuvchi o‘q-dorilarni yuboradi”, deyiladi xabarda.
Vashington kelasi hafta yangi yordam paketini e’lon qilmoqchi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, snaradlar Rossiya tanklariga qarshi kurash uchun yetkazib beriladi, ularni yaqin haftalarda Ukrainaga yetkazilishi kutilayotgan Amerikaning Abrams tanklarida foydalanish mumkin.
Yangi harbiy yordam paketi 240 million dollardan 375 million dollargacha bo‘ladi.