Ma’lumot uchun, sobiq SSSR davrida Qozog‘iston elektr energetika tizimi shimolda Rossiya elektr tarmoqlariga janubda esa Markaziy Osiyo energetik halqasi bilan bog‘langan bo‘lgan. Mustaqillikdan keyingi yillarda, oldingi eneregtika tizimi buzilishi hamda iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi natijasida respublikaning janubiy hududlarida elektr energiyasi yetishmovchiligi va uzilishlar kuzatila boshladi.
AES qurish g‘oyasi ilk bor 2019-yilda jiddiy muhokama qilina boshladi. Jamoatchilik orasida faol guruhlar AES qurish g‘oyasiga qarshi chiqdi. Ular bir necha bor, ishtirokchilar soni kam bo‘lsada, mitinglar o‘tkazishdi.
Qozog‘iston energetika vaziri Akchulakov 2022-yilning 9-iyunida atom elektr stansiyasi qurish uchun Olma-Ota shahridan 365 km shimoli-g‘arbda joylashgan Ulken posolkasi (Balxash ko‘li yaqinida) tanlanganini ma’lum qildi.
Rejalashtirilayotgan AES hozircha kimning yordamida qurilishi aniq emas, lekin Qozog‘iston bulajak pudratchiga qat’iy talab qo‘ygan - AES uchun kerakli yoqilg‘i, ya’ni boyitilgan uranni ishlab chiqarish Qozog‘istonda yo‘lga qo‘yilishi kerak. Qozog‘iston dunyoda eng yirik uran qazib oluvchi davlatlardan biri.