Yangi o‘quv yilidan O‘zbekiston maktablarida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi – video

2023 yilda O‘zbekiston maktablarida ko‘plab o‘zgarishlar ro‘y beradi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakili ular haqida batafsil ma’lumot berdi.
Sputnik
Yangi o‘quv yilidan O‘zbekistonda 500 dan ortiq maktab prezident maktablaridagi kabi o‘quvchilar bilimini baholash tizimiga o‘tadi. 100 dan ortiq maktablarda esa yuqori sinf o‘quvchilari o‘z qiziqishlariga ko‘ra fanlarni tanlash imkoniga ega bo‘ladi.
“Tajriba sinov tariqasida formativ va summativ baholash tizimi joriy etiladi. Bunday baholash tizimi va tanlov fanlari ham prezident maktablarida o‘zining samarasini ko‘rsatdi. Prezident maktablaridagi ilg‘or tajribani umumta’lim maktablarga ham joriy qilish maqsadida maktablarga tanlov va yangi baholash tizimiga o‘tilmoqda”, - deydi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quv jarayoni va darsliklarni metodik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Dilshoda Norboyeva.
O‘quvchilarni yana nimalar kutayotgani bilan Sputnik videosida batafsil tanishishingiz mumkin.