O‘zbekistonlik san’atkorlar “Lazgi - qalb va sevgi raqsi" spektaklini Moskva Bolshoy teatrining tarixiy sahnasida namoyish etishadi. Ayni damda ular bo‘lajak gastrolga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Sputnik muxbiri ular bilan suhbat qildi.
“Bolaligimda men Bolshoy teatri san’atkorlari ishtirokida ko‘p videolarni tomosha qilganman. Lekin o‘zim ham u yerda raqsga tushishimga ishonmasdim", - deydi A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Katta teatri solisti Elmira Yusupova.
Elmira Bolshoy teatrda asosan klassik balet spektakllari, o‘zgarmas qoidalar (kanon) asosida ijro etish odat ekanini ta’kidlab, o‘zbekistonlik artistlar bu sahnaga o‘z milliy uslubidagi lazgi raqsini olib chiqayotganidan biroz hayajonda ekanini aytadi.
"Shu sababli ham men, katta ishtiyoq bilan, imkon qadar yaxshiroq tayyorlanishga harakat qilayapman. Umid qilamanki bizning tomosha ularga manzur bo‘ladi", - deydi san’atkor.
To‘liq intervyuni videolavhamizda tomosha qiling.