O‘zbekiston va YeOII

Lavrov: 2023-yilda YeOIIning 90 foiz savdo aylanmasi milliy valyutalarda bo‘ladi

Rossiya TIV rahbarining aniqlik kiritishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yili 76 foizni tashkil etgan.
Sputnik
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) o‘zaro savdo aylanmasi 2023-yilda 90 foiz milliy va do‘st valyutalarda amalga oshiriladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov MGIMO talabalari va o‘qituvchilari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Lavrovning aniqlik kiritishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yili 76 foizni tashkil etgan.
“O‘tgan yili YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi 76 foiz o‘zaro savdo-sotiq va o‘zaro hisob-kitob dollarda amalga oshirilmagan, avvalo milliy va do‘st valyutalarda bo‘lgan. Bu yil esa 90 foiz bo‘lishi kutilmoqda”, - dedi Lavrov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiya vazirining ta’kidlashicha, YeOII loyihalari amalga oshirilishi AQSh va uning ittifoqchilari nazorat qiladigan xalqaro iqtisodiy aloqalarga xizmat ko‘rsatuvchiga mexanizmlarga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. U dollar, yevro va yenni ishonchsiz valyutalar deb atadi.
“Dollardan voz kechish jarayoni YeOII tashkil etish paytida mustaqil maqsad sifatida ilgari surilmagan edi, biroq AQSh o‘zi o‘n yillar davomida ilgari surgan iqtisodiyot bozorini shakllantirish tamoyillarini buzdi”, - dedi Lavrov.
Rossiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, muqobil to‘lov tizimlari va usullariga o‘tish sur’ati ortga qaytmas, chunki mamlakatlar Amerika zo‘ravonligidan o‘zlarini xavfsizlantirishi darkor.
Lavrov bugungi kunda Rossiya Amerika va G‘arb sanksiyalarining asosiy obyekti, chunki u o‘zini mustaqil tutadi. Uning fikricha, ertaga boshqa biror mamlakat sanksiyalar nishoniga aylanishi mumkin.
Putin: BRIKSda dollardan voz kechishning ortga qaytmas jarayoni ketmoqda