O‘zbekistonda xalqaro avtomobil konferensiyasi o‘tkaziladi — sana va manzil

Konferensiyada 11 ta xalqaro tashkilot, hamda 29 ta mamlakatdan 93 ta xorijiy delegatsiyalar vakillari ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Joriy yil 13–14 sentabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Xalqaro avtomobil transporti: barqaror rivojlanish va farovonlik sari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tadbir Transport vazirligi, Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi va O‘zbekiston xalqaro tashuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Konferensiyada 11 ta xalqaro tashkilot, hamda 29 ta mamlakatdan 93 ta xorijiy delegatsiyalar vakillari ishtirok etadi.