TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar jahon para taekvondo Gran-prisida 2 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
Parijda 30-avgust kuni Jahon para taekvondo Gran-Prisi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan terma jamoa a’zolari 2 ta kumush medalga sazovor bo‘lishdi.
O‘zbekistonlik sportchilar Jahon para taekvondo Gran-Prisida 2 ta medalni qo‘lga kiritishdi
© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta
“Ayollar o‘rtasida Guljanoy Naimova hamda Ziyoda Isoqova finalga qadar yetib bordi va yakunda kumush medalni qo‘lga kiritdi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Fransiya poytaxtida o‘tgan ushbu nufuzli musobaqa sportchilarga Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari uchun muhim reyting ochkolarini ham taqdim etdi.