“Ayni taqdir”. OAVda F-16 qiruvchilari haqida dahshatli xabar aytildi

Tadqiqotchining so‘zlariga ko‘ra, yuqori sifatli tayyorgarlik yarim yil emas, balki besh yilgacha davom etadi.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Ukrainalik uchuvchilarning Amerika F-16 qiruvchilarini boshqarishga yetarli darajada tayyorlanmasligi qiruvchilarning yo‘q qilinishiga olib keladi, deb yozadi qohiralik geosiyosat va siyosiy iqtisod bo‘yicha tadqiqotchi Ahmad Adel infoBRICS portali uchun maqolasida.
“Olti oylik o‘quv kurslarini tamomlagan ukrainalik uchuvchilar G‘arb qurollariga ega bo‘lgan va qarshi hujumda qatnashgan Ukraina qurolli kuchlari askarlari bilan bir xil taqdirga duch kelishadi – ular yo‘q qilinadi”, - deydi ekspert.
Uning so‘zlariga ko‘ra, F-16 boshqarish uchun o‘qitilgan ukrainalik uchuvchilar ancha tajribali rossiyalik harbiylar tomonidan urib tushiriladi, chunki yuqori sifatli tayyorgarlik yarim yil emas, balki besh yilgacha davom etadi. Bunday qisqa vaqt oralig‘ida ukrainaliklar faqat eng oddiy manevrlarni bajarishlari mumkin bo‘ladi, shuning uchun Kiyev xohlagan qiruvchi samolyotlar Ukraina Qurolli kuchlari uchun foydasiz bo‘ladi.
“Ammo, G‘arb allaqachon tushunishi kerak bo‘lganidek, ular Afg‘onistonda AK-47 bilan qurollangan qishloq aholisi bilan emas, balki ilg‘or va yuqori professional Rossiya Qurolli kuchlari bilan ish olib bormoqda”, - deya xulosa qildi tadqiqotchi.
Avvalroq AQSh ma’muriyatining yuqori lavozimli vakillaridan biri RIA Novostiga Vashington Daniya va Niderlandiyadan Kiyevga to‘rtinchi avlod Amerika F-16 qiruvchilarini topshirishni ma’qullashga qaror qilganini ma’lum qilgandi.