Mirziyoyev qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida qatnashdi — foto

Prezident qatag‘on qurbonlari yashagan mahallalarda ularning nomlari, faoliyatini muhrlab qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Bugun, 31-avgust kuni Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimi bo‘ldi. Marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qur’on tilovat etilib, o‘tganlar haqiga duo qilindi. Elga osh tortildi.
“Har safar bu yerga kelib, xalqimiz ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan jasur bobolarimizni eslab, ko‘nglimiz taskin topadi. Ularni xotirlash, ezgu ishlarini davom ettirish biz uchun ham qarz, ham farz. Qatag‘on qilingan yetakchilarimizning taqdiri barchamizni mustaqilligimizni qadrlashga, uni asrab-avaylashga undaydi. Mana shunday mustaqillikda, tinchlikda yashashning o‘zi Alloh taoloning katta marhamati, ne’mati. Buning uchun shukronalik bilan, uning qadriga yetish kerak”, - dedi prezident.
1 / 9
2 / 9
3 / 9
4 / 9
5 / 9
6 / 9
7 / 9
8 / 9
Na allee "Shaxidlar xotirasi" sostoyalas seremoniya pominoveniya jertv repressiy. V ney prinyal uchastie Prezident Shavkat Mirziyoyev.
9 / 9
1937-53 yillarda O‘zbekistonda 100 ming odam qatag‘onga uchragani, ularning 13 ming nafari otib tashlangani yodga olindi.
“Bu borada adolatni tiklash bo‘yicha ko‘p ishlar qilyapmiz. Tarixchi olimlar ishtirokida komissiyalar tuzildi, arxiv hujjatlari o‘rganilayapti. Oxirgi ikki yilda O‘zbekiston Oliy sudi 850 nafardan ziyod, bu yil 240 nafar ana shunday jabrdiyda vatandoshlarimizning nomini oqladi. Bunday izlanishlarni hech qachon to‘xtatmasligimiz kerak. Negaki haqiqatni xalqimiz bilishi kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident qatag‘on qurbonlari yashagan mahallalarda ularning nomlari, faoliyatini muhrlab qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
“Muzeylar qildik, kitoblar chiqayapti, ko‘pchiligi oqlanyapti. Lekin shu bilan unutilishi kerak emas. Mening nazarimda, qatag‘on qurbonlari tug‘ilib o‘sgan yoki bugun avlodlari yashayotgan mahallada, o‘sha yerdagi maktabda ularning nomlarini yozib qo‘ysak, ham savobli, ham ibratli ish bo‘lardi. Qolaversa, mana shunday bayramlarda, xotira kunlarida xonadonlarini ziyorat qilish kerak. Nega urush qatnashchilarini uyiga boramizu, qatag‘on qurbonlarini eslamaymiz?! Ularning har birining hayoti – qahramonlik. Biz buni o‘rganib, tashviqot qilib, yoshlarimizga yetkazishimiz kerak”, - dedi davlat rahbari.
Mutasaddilarga jadidlar tarixini o‘rganayotgan tadqiqotchilarga maqsadli grantlar ajratish, ular haqida hujjatli va badiiy filmlar olish, matbuot va internet nashrlarda materiallar chop etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
“Xalqimiz u davrni yaxshi bilishi, faxrlanishi kerak. Yoshlar “Bizning bobolarimiz istiqlol orzusida kurashgan, o‘zini ayamagan, biz mustaqillik uchun nima qilayapmiz”, deb o‘ziga savol berishi zarur. Mustaqillikning mustahkam zamini nima o‘zi? Avvalo, vatanparvarlik, bilim, ma’naviyat. Jamiyatimizda ana shunday vatanparvarlik ruhini, shukronalik ruhini kuchaytirishimiz kerak”, - deya ta’kidladi prezident.