AQSh va NATO Afg‘onistondan qanday qochib ketgan edi - video

2021 yil 31-avgust Afg‘onistonda AQSh ustidan g‘alaba qozonilgan kun sifatida nishonlanadi.
Sputnik
"Evakuatsiya" deb nomlangan AQSh armiyasining Afg‘onistondan qochishi roppa-rosa 1 oy davom etdi. 31-avgust kuni 20-yillik urushdan keyin oxirgi amerikalik askar Kobul aeroportini tark etdi.
NATO qo‘shinlari bilan birgalikda G‘arbga ishlagan minglab afg‘onlar mamlakatni tark etishga uringan. Ularning S-7 harbiy samolyotidan qulayotgani aks etgan dahshatli lavhalar butun dunyoga tarqalib, qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Amerikaliklar va ular ittifoqchilarining Afg‘onistonda bo‘lishi minglab kishilar o‘limiga sabab bo‘ldi.