Abdusattorov Germaniyada o‘tkazilgan jamoaviy jahon chempionatida ishtirok etdi — natija

Nodirbek Abdusattorov o‘z doskasida birinchi o‘rinni qayd etdi.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Germaniyada o‘tkazilgan rapid bo‘yicha FIDE jamoaviy jahon chempionatida ishtirok etdi.
Ma’lum qilinishicha, musobaqada 36 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa 9 kishidan iborat bo‘ldi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Yan Nepomnyashiy, Yan-Kshishtof Duda, Uesli So, Vinsent Keymer, Pragnanandha R, Hou Yifan, Aleksandra Kostenyuk, Vadim Rosendan iborat WR Chess jamoasida ishtirok etdi. Ushbu yulduzli jamoa birinchi o‘rinni egalladi.

Nodirbek Abdusattorov prinyal uchastie v ChM FIDE po rapid v Germanii
Shuningdek, Nodirbek Abdusattorov o‘z doskasida ham birinchi o‘rinni qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov avgust oyida Ozarbayjonda o‘tgan jahon kubogining ikkinchi bosqichida turkiyalik Vahap Sanalga qarshi o‘yinda durang natija qayd etdi. Vahap Sanal bilan durang o‘ynagach, Abdusattorov (2725) ikkinchi o‘yinda oq donalar bilan mag‘lub bo‘ldi.