Xorazm viloyati Yangiariq tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi tasdiqlandi

Kamal Atajanov Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Xorazm viloyati Yangiariq tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi tasdiqlandi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Kamal Atajanov Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.
Atajanov ushbu lavozimga tasdiqlangunga qadar "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ning aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Nomzod prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etildi.