TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 31-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 5,13 so‘mga qimmatlashdi va 12 089,97 so‘mni tashkil qildi. Yevro ham 96,22 so‘mga oshib, 13 164,77 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl esa 0,55 so‘mga arzonlashib, 125,97 so‘mni tashkil qildi.