TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Pskov aeroportiga o‘tgan tunda amalga oshirilgan dronlar hujumi oqibatlari bartaraf etildi, dedi Pskov viloyati gubernatori Mixail Vedernikov. RIA Novosti xabariga asosan.
“Aeroportga dronlar tomonidan hujum qilindi, hujum oqibatlari bartaraf etildi, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q, barcha yong‘inlar lokalizatsiya qilindi”, — dedi u o‘zining Telegram-kanalida e’lon qilingan videoda.
Vedernikovning qayd etishicha, yetkazilgan zarar tegishli idoralar tomonidan baholanmoqda.
Fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetmagan. Hodisa natijasida operativ, tekshirish tadbirlari, jumladan, yo‘llarda ham amalga oshiriladi, biroq na viloyat, na Pskov shahri uchun qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi.
Gubernator Pskovdagi aeroporti tergov yakuniga qadar yopiq bo‘lishi va payshanba kuni ish boshlashi mumkinligini ta’kidladi.
"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uchish-qo‘nish yo‘lagi normal holatda qolgan. Shunga ko‘ra, barcha tadbirlar yakunlangandan so‘ng aeroport o‘z ishini davom ettiradi. Bu ertaga amalga oshishini kutaman, buning uchun hamma narsani qilaman", - dedi Vedernikov.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan tunda Ukraina Rossiya ichki hududlariga dron hujumi uyushtirdi. Moskva viloyatining Ruza tumanida, Branskda, Razan viloyati va Kaluga viloyatining Suxinichskiy tumani hududlarida dronlar yo‘q qilingani haqida xabar berildi.
Pskov aeroportiga 20 taga yaqin dronlar hujum qilgani ta’kidlanmoqda. Hujum oqibatida aeroportda kuchli yong‘in chiqqan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra ikkta yoki to‘rtta Il-76 harbiy-transport samolyotiga shikast yetgan. Talofotlar aniq soni hozircha rasman e’lon qilinmadi.
Ma’lumot uchun, Pskov viloyati Rossiya shimolida, Litva va Estoniya chegaralariga yaqin masofada joylashgan (30-60 km). Dronlar hujum ushbu hududlardan yoki Boltiq dengizida bo‘lgan harbiy kema yordamida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.