TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Ertaga, 31-avgust kuni O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15-17, kunduzi +26-28 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13-18, kunduzi +25-30 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esad, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +13-18, kunduzi +25-30 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +14-19, kunduzi +28-33 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +13-18, kunduzi +25-30 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8-13, kunduzi +15-20 daraja bo‘ladi.