TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi Rossiyaga nisbatan NATOning tajovuzkor xatti-harakatlariga keskin javob bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori, Rossiya tarixiy jamiyati raisi Sergey Narishkin ma’lum qildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
Narishkin NATOning Yugoslaviyaga qarshi agressiyasi tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochilishida nutq so‘zlayotib, bu ko‘plab qurbonliklarga sabab bo‘lgan barcha xalqaro huquq meyorlarini buzgan kuchning surbetlarcha agressiv namoyon etish edi.
“Bu jinoyatlarning okean ortidagi tashkilotchilari qilmishlaridan hech qanday axloqiy saboq olishmadi. Keyinroq dunyo NATO askarlari va mahalliy yollanmalarning Afg‘oniston, Iroq, Suriya va Liviyadagi harbiy jinoyatlaridan yana bir necha marta dahshatga tushgan”, - dedi Narishkin.
Uning ta’kidlashicha, G‘arbning kuch bilan o‘z amrini o‘tkazish istagi shubahasiz qarshilik yo‘liqmoqda.
“Maxsus harbiy operatsiya NATOning mamlakatimizga qarshi agressiyasiga keskin javobdir”, - deya qo‘shimcha qildi Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori.