Turkiyada Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi parvoz kechiktirildi

Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi HY274 reysi uchish aeroportida kechiktirildi.
Sputnik
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi parvoz texnik sabablarga ko‘ra uchish aeroportida kechiktirildi, deya xabar berdi "Uzbekistan Airways".
Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi HY274 reysi uchish aeroportida (Istanbul) texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi.

“Parvoz rejalashtirilgan soat 21:45 o‘rniga Istanbul vaqti bilan soat 13:00 (keyingi kun)da amalga oshiriladi”, - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Toshkent Istanbuldan ikki soat oldinda.