Dollar yana ko‘tarildi — 30-avgustda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Dollar va yevro so‘mga nisbatan qimmatlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 12,63 so‘mga qimmatlashdi va 12 084,84 so‘mni tashkil qildi. Yevro ham 20,91 so‘mga oshib, 13 068,55 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl esa 0,04 so‘mga arzonlashib, 126,52 so‘mni tashkil qildi.