TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Bugun Toshkentning Bektemir, Mirobod va Yashnobod tumanlaridagi ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Bektemir tumani: "Nurliyo‘l" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Mirobod tumani: "At-Termiziy" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Yashnobod tumani: "Qalqon" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 07:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.