Tabiat biz tomonida: G‘arbda qurg‘oqchilik fonida Rossiyada hosildorlik rekordi

Sanksiyalar yordam bermadi. G‘arb davlatlari dunyoda qurg‘oqchilik g‘alla narxi oshishi tufayli Rossiyaga yon berishga majbur bo‘ladi — Bloobmerg.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Demokratiyaning Yevropadagi bosh agitatori Fransiyaning “Le Figaro” gazetasi kecha o‘ta g‘amgin sarlavhali maqola chop etdi: “G‘alla savdosi: Rossiyaning hukmronligi davom etadi". RIA Novosti xabariga asosan.
Maqola mualliflari qiynalib bo‘lsa-da, bir narsani tan olishdi, iqtisodiy va siyosiy bosimlarga qaramay, Rossiya uchun jahon oziq-ovqat bozorida "anchalik yorqin istiqbollar" ochilmoqda. Biz bu so‘zlarning ma’nosini tushuntiramiz - bu jahon bug‘doy bozorining deyarli to‘rtdan bir qismiga ega bo‘lgan Rossiyaning don ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha hal qiluvchi rolda ekanini anglatadi.
Bu yil sodir bo‘lgan anomal issiq haroratlar va qurg‘oqchilik oqibatida dunyoda g‘alla hosildorligi pasaydi, ayniqsa Kanada va Yevropada hosildorlik keskin pasaydi. Ushbu munosabat bilan fransiyalik kruassan ishqibozlari "talab va taklifning global nomutanosibligi vaziyatida g‘alla bozoridagi Rossiya hukmronligi kerak" degan o‘zlari uchun og‘riqli xulosaga kelishgan...

Fransuz tilidan rus tiliga tarjima qilganda: hurmatli yevropaliklar, kruassan va bulochkalar narxi keskin oshirishga tayyor bo‘ling; aziz ruslar, iltimos, bizga don yuborishni to‘xtatmanglar. Biz esa Ukrainaga tanklar, samolyotlar va o‘q-dorilarni vagonlab jo‘natayotganimizga e’tibor bermang, axir bu boshqa narsa.

Fransuzlar bekorga yuvosh bo‘lib qolmadi, dunyoning barcha ixtisoslashgan muassasalari va yetakchi axborot agentliklari bir vaqtning o‘zida G‘arb uchun noxush raqamlar va xulosalarni e’lon qildi.
AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligining Kanada va Yevropa Ittifoqida bug‘doy hosildorligi qurg‘oqchilik sababli pasayib ketayotganini aytdi.
"Standard & Poor’s Global Market Intelligence" agentligi 2025-yilga kelib jahon bug‘doy eksportida AQShning ulushi 12%gacha kamayib ketishini e’lon qildi. Ukrainadan bug‘doy eksporti esa ikki baravar kamayadi.
Eng yirik "Agritel" agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy ishlab chiqaruvchi mamlakatlarda noqulay iqlim sharoiti va hosildorlikning pasayishi tufayli don va o‘simlik moyining jahon narxlari muqarrar ravishda ko‘tariladi.
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti xabariga ko‘ra, bu mavsumda Braziliya bug‘doy eksporti 44 %ga, Hindiston — 30 %ga, Avstraliyada — 12 %ga va Argentinada — 7 % ga kamayadi.
Dunyoda hosildorlikning pasayishi, qurg‘oqchilik va Rossiyaga qarshi sanksiyalar hamda harbiy harakatlar fonida, so‘nggi bir oy ichida bug‘doyning jahon narxlari 2,3 foizga, makkajo‘xori 3,7 foizga, guruchning narxi esa 3,2 foizga oshdi.

Barcha ekspertlar, istisnosiz, bu o‘sish narxlari tendensiyasi uzoq vaqt davomida va ilgari gullab-yashnagan mamlakatlarda iqlimning yomonlashuvi, hosildorlikning pasayishi va don bozorining qayta taqsimlanishi abadiy ekanligini ta’kidlashmoqda.

Rossiyaning Shimoliy Amerika va yevropaliklarga rahmi kelmaydi, lekin Afrika va arab mamlakatlari aholisiga achinadi. Rossiya "don shartnomasi"dan chiqishiga uning "kafillari"ning muntazam yolg‘on va fitnalari sabab bo‘ldi.
Rossiya sobiq Ukraina xaridorlariga keragicha bug‘doy yetkazib berishi mumkin. Bu yuk juda og‘ir emas, chunki butun dunyodan farqli o‘laroq, Rossiya g‘alla yetishtirish bo‘yicha doimiy ravishda rekordlarni yangilamoqda. Bu yil Rossiyada g‘alla hosili 140 million tonnaga yetishi kutilmoqda (shundan kamida 90 million tonna bug‘doy), bu zamonaviy tarixdagi ikkinchi eng katta rekorddir. Shuni ta’kidlash kerakki, bu ko‘rsatkichga yangi hududlar hissa qo‘shdi, bu yerda hatto jangovar harakatlar va frontning yaqinligi fonida ham deyarli besh million tonna g‘alla yig‘ishga muvaffaq bo‘lindi.
Un ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha ham yangi rekordlar o‘rnatildi: bu yil Rossiya 800 ming tonnadan ortiq un eksport qildi va deyarli 9,5 million tonna un ishlab chiqardi.
Kecha Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi Rossiyaning qayta ishlash korxonalari don va uning mahsulotlari, jumladan, non uni bilan 100 foiz ta’minlangani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, vazirlikning aniqlik kiritishicha, bu yil g‘alla sifati yuqori darajada – bug‘doyning qariyb 75 foizi oziq-ovqat toifalariga tegishli, oziq-ovqat bug‘doyi narxi esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan past yoki hozirda.

G‘arb uchun dalalardan kelgan halokatli xabarlar fonida "Bloomberg" ham "g‘alla shartnomasidan chiqqanidan keyin mo‘l hosil Moskvaga Ukraina va G‘arb davlatlariga nisbatan ustunlik beradi va (bu dahshat!) Vashington va Brussel Moskvaga yon berishga majbur bo‘ladi yoki Sharqiy Yevropa mamlakatlariga ulkan subsiyadiyalar ajratishga majbur bo‘ladi", - degan xulosaga kelgan.

Bu xabarlar fonida Rossiya o‘z g‘alabasi haqida balad ovozda baqirib, "paravoz oldida yugurmaydi" (yoki podadan oldin chang chiqarmaydi). Bu ish NATO va Ukrainaga qolsin. Biz jimgina ishlashda davom etamiz, binolar quramiz, non yetishtiramiz. Kimning beli baquvvatligini - vaqt ko‘rsatadi, Selsiy va Farengeyt biz tomonda.