Rossiyaning import o‘rnini bosuvchi SJ-100 samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi - video

Birinchi parvoz 54 daqiqa davom etgan. Samolyot 3000 metr balandlikda soatiga 343 kilometr tezlikda uchgan.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Rossiyaning import o‘rnini bosuvchi tizimlar bilan ishlab chiqilgan SJ-100 yaqin yo‘nalishli samolyoti namunasi Komsomolsk-Amurda ilk parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi xabar qildi.

“Sinovlar davomida mahalliy tizimlarning barqaror ishi, samolyotning boshqaruvchanligi va bardoshligi tasdiqlandi”, - deyilgan xabarda.

Samolyotni “Yakovlev” OAJ (“Rostex” Birlashgan aviasozlik korporatsiyasi (OAK) tarkibiga kiradi) ishlab chiqqan. Mahalliy havo kemasi qariyb 40 ta tizim va agregat almashtirilgan.
Sinovchi uchuvchilar Leonid Chikunov va Dmitriy hamda sinovchi muhandis Denis Velijanin samolyotni sinovdan o‘tkazgan.
Birinchi parvoz 54 daqiqa davom etgan. Samolyot 3000 metr balandlikda soatiga 343 kilometr tezlikda uchgan.
“Biz birinchi navbatda o‘zimizga mustaqil ravishda zamonaviy fuqarolik samolyotlarini ishlab chiqara olishimiz mumkinligini isbotladik”, - dedi OAK bosh direktori Yuriy Slyusar import o‘rnini bosuvchi SJ-100 samolyotining ilk parvozi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashayotib.
SJ-100 – tor fuzelyajli yaqin yo‘nalishli samolyot. Layner “Superjet”ning yana bir modeli bo‘ladi.