TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Rossiyadagi eksponatlarni O‘zbekiston, Xitoy va Hindistondagi ko‘rgazmalarga olib borish taklif etildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoyga tayanib xabar berdi.
Mixail Shvidkoyning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy ko‘rgazmalar uchun Rossiyadan san’at buyumlarini olib chiqishga bo‘lgan moratoriy tanlab olinadigan bo‘lishi kerak, bunda Xitoy, Hindiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi davlatlar uchun moratoriyni bekor qilish mumkin.
“O‘ylaymanki, Rossiyadan san’at asarlarini olib chiqishga moratoriyni tanlab olinadigan qilish kerak. Yevropa, Amerikaga yoki boshqa joyga hech narsa olib borishning hojati yo‘qligi tushunarli. Ammo shunday davlatlar borki, ularni u yerga olib borish mumkin va kerak, mening nuqtayi nazarimcha, bu Xitoy”, - dedi Shvidkoy “Rossiya segodnya” multimedia matbuot markazidagi matbuot anjumanida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Xitoy uchun bunday istisnolar bo‘lishi mumkin.
“Ushbu mamlakatlarda mustahkam kafolatlar mavjud va parvoz vaqtida shikast yetmaydi. Muzey ishlari bo‘yicha eng ishonchli hamkor Xitoydir”, - deya ta’kidladi u.
Bundan tashqari, uning fikricha, Hindiston istisno qilinishi mumkin bo‘lgan davlatga aylanishi mumkin. Shuningdek, u xavfsizlik kafolatlarini beradi.
"Ammo iqlim muammolari tufayli bu mamlakatga suratlarni yuborish mumkin emas”, - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda Ermitaj muzeyining ilk ko‘rgazmasi tashkil etilishi ma’lum qilingan edi. Buxoro davlat universiteti ishchi guruhining Sankt-Peterburgga tashrifi davomida Buxoroda “Ermitaj kunlari” ko‘rgazmasini tashkil etish, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi talaba, magistr, professor-o‘qituvchilar uchun Ermitajga stajirovkalar tashkil etishga kelishildi.