TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri tayinlandi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri etib Elmurod Tursunov tayinlandi.
U 2022-yildan hozirgi vaqtga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Naznachen ministr yustitsii Karakalpakstana
© Ministerstvo yustitsii
Elmurod Tursunov 1983-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2006-yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 2006-2007 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar 1-son davlat notarial idorasi arxivariusi lavozimidan boshlagan. 2007-2022 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.