TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangilangan Respublika bolalar kutubxonasini borib ko‘rdi.
Prezident restavratsiya qilingan bolalar kutubxonasini borib ko‘rdi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1907 yilda qurilgan tarixiy bino restavratsiya qilinib, zamonaviy jihozlandi. Bugun muassasa har jihatdan qulay, shinam va yorug‘. Endi u nafaqat bolalar, balki kattalarning ham sevimli maskaniga aylanmoqda.
Prezident restavratsiya qilingan bolalar kutubxonasini borib ko‘rdi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Kutubxona o‘zbek va jahon bolalar adabiyotiga oid 180 ming kitob fondiga ega. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilayotgani xodimlar ishini yengillashtirib, kitobxon bolalarga qo‘shimcha qulaylik yaratgan.
Prezident restavratsiya qilingan bolalar kutubxonasini borib ko‘rdi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Tashrif buyuruvchilar maxsus ID-karta oladi. U orqali kitobxonlarni ro‘yxatga olish, kitob olish va topshirish jarayonlari elektron tarzda tashkil etiladi.
Prezident restavratsiya qilingan bolalar kutubxonasini borib ko‘rdi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Elektron kutubxonani rivojlantirish, video va audio resurslar fondini boyitish, foydali veb-kontentlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Audio kitoblarni tinglash xonasi tashkil etilgan.
Prezident restavratsiya qilingan bolalar kutubxonasini borib ko‘rdi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident ushbu sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, kitob o‘qiyotgan va chet tillarini o‘rganayotgan bolalar bilan muloqotda bo‘ldi.
Prezident restavratsiya qilingan bolalar kutubxonasini borib ko‘rdi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shuningdek, muassasada xalqaro konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarni ham bevosita, ham onlayn o‘tkazish imkoni yaratilgan. Hudud obodonlashtirilib, yangi qiyofaga kirgan. Mo‘’jazgina amfiteatr tashkil etilgan.
Prezident restavratsiya qilingan bolalar kutubxonasini borib ko‘rdi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana