O‘zbekiston va YeOII

O‘zbekiston va YeOII o‘rtasida energiya resurslari savdosi faollashdi – ekspert

YeOIIning yagona energetika bozori Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining barcha a’zolari bilan hamkorlikni rivojlantirish imkonini beradi.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg – Sputnik. YeOII mamlakatlari va boshqa yaqin xorij davlatlari, jumladan, O‘zbekiston o‘rtasida energiya resurslari savdosi faollashmoqda va o‘sishda davom etadi, dedi Rossiya Milliy energiya xavfsizligi jamg‘armasi yetakchi tahlilchisi Igor Yushkov Sputnik muxbiriga.
Ilgari O‘zbekiston tabiiy gaz eksportchisi bo‘lgan bo‘lsa, hozir vaziyat o‘zgarmoqda. Respublikada aholi va sanoatning o‘sishi hisobiga ishlab chiqarilayotgan gaz hajmidan ortib borayotgan talab ortib bormoqda.

"O‘zbekiston "Gazprom" bilan shartnoma imzolagan, ayni paytda gaz iste’moli eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan qish mavsumida kichik hajmda yetkazib beriladi, biroq kelajakda ular yil davomida to‘liq sotib olinadi”, — dedi ekspert.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2023-yil 16-iyun kuni Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida imzolangan edi. Unga ko‘ra Rossiya O‘zbekistonga 1-oktabrdan boshlab kuniga 9 mln.m3 gaz yetkazib beradi. Yiliga 2,8 mlrd. m3 gaz xarid qilish rejalashtirilgan. Tabiiy gaz “O‘rta Osiyo – Markaz” magistral gaz quvuridan Qozog‘iston orqali revers rejimida O‘zbekistonga yetib keladi.
Ma’lumot uchun, Energetika sohasida hamkorlikni yanada qulay qilish, narx-navo shakllanishi, yetkazib berish shartlari yanada shaffof bo‘lishi uchun YeOIIda umumiy eneregetika bozori shakllantirish boshlangan.

YeOII umumiy energetika bozori

YeOIIda umumiy energetika manballari bozorini yaratish ishlari bir necha yildan beri davom etmoqda. YeOIIda umumiy elektr energiyasi bozori 2025-yil 1-yanvargacha ishga tushishi kerak.
Buning uchun "beshlik" mamlakatlari umumiy bozor faoliyatining asosiy qoidalari, uning ishtirokchilari va infratuzilma tashkilotlari, transchegaraviy savdo tamoyillari va YeOII organlarining vakolatlari to‘g‘risida kelishib oldilar.
Aytish joizki, umumiy elektr energiyasi bozori milliy bozorlarni almashtirmaydi. Bu transchegaraviy savdo bozori bo‘lib, unda YeOII davlatlarining barcha ulgurji ishlab chiqaruvchilari va elektr energiyasi iste’molchilari bitimlar tuzishlari mumkin.
Narx belgilashning bozorga asoslangan, shaffof mexanizmlariga o‘tish ishlab chiqarish tannarxida elektr energiyasi tannarxining ulushini kamaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida halol raqobatni kuchaytiradi. Mamlakatlar endi eskirgan va samarasiz ishlab chiqarishning ortiqcha hajmlarini saqlab qolishlari shart emas.
Umuman olganda, YeOIIning umumiy elektr energiyasi bozorini yaratish har bir a’zo davlatning ham, butun ittifoqning ham energiya xavfsizligini oshiradi.