TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bojxona rasmiylashtiruvi markaziga tashrif buyurdi va uning faoliyati bilan tanishdi, xodimlar bilan suhbat qildi.
Prezident bojxona xodimlariga sharoit yaratib berishni va’da berdi va ulardan korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi.
"Bojxona korrupsiyadan holi hudud bo‘ladi. Men sizlarni oylik bilan uy bilan, sharoit bilan, bolalaringni o‘qishi bilan ta’minlayman. O‘g‘irlik qilmanglar", — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentga bojxona xizmatida erishilgan yutuqlar haqida hikoya qilib berishdi. Xususan Bojxona xizmati o‘z laboratoriyasi, instituti va kinologiya xizmatiga ega ekanlini aytib o‘tildi.
Oldin deklaratsiyani to‘ldirishni bilganlar soni 3 mingta edi, bugungi kunda esa 40 mingdash oshib ketgan, dedi bojxona xodimi.