Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 29-avgustning asosiy xabarlari

Ukraina Qurolli kuchlari hujum operatsiyalarini davom ettirib kun davomida 700ga yaqin askarini yo‘qotdi. Rossiya qurolli kuchlari faol himoya amaliyoti olib bormoqda va o‘z pozitsiyalarini yaxshilamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi oli borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi 29-avgust hisoboti:

Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi DXRning Nevelskoe aholi punkti hududida UQKning 59-moto o‘qchi brigadasi hujumini qaytardi va o‘z pozitsiyasini yaxshiladi. Dorojnoe aholi punkti yaqinida temiryo‘l stansiyasida UQKning artilleriya o‘q-dorilari ortilgan harbiy esheloniga raketa zarbasi berildi. Drujkovka aholi punkti yaqinida UQKning 93-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Dushmanning ushbu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 340 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, oltita zirhli jangovar texnikani, o‘n uchta texnikani, shuningdek, D-20 va Msta-B gaubitsalarini tashkil qildi.
Zaporojye yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari aviatsiya va artilleriya ko‘magida Verbovoe qishlog‘i yaqinida UQKning 46-aeromobil brigadasining ikkita hujumini qaytardi. Bir sutkada 90 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, to‘rtta avtomobil, uchta AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi va ikkita M119 gaubitsasi, shuningdek, Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan FH-70 to‘pi yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Sinkovka va LXRning Stelmaxovka aholi punktlari hududida UQKning 43 va 115-mexanizatsiyalashgan, shuningdek, 25-havo-desant brigadalarining oltita hujumini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 50 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar texnika va uchta boshqa texnikani tashkil etdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" kuchlar guruhi LXRning Kremennaya, Chervonaya Dibrova va DXRning Yampolovka aholi punktlari hududlarida UQKning 12-maxsus kuchlar brigadasi, 21- va 63-mexanizatsiyalashgan brigadalarining uchta hujumini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 80 nafargacha harbiy xizmatchi, ikkita BMP, uchta BTR va ikkita pikapni tashkil qildi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlar guruhi UQKning 100 ga yaqin harbiy xizmatchilarni, ikkita BTRini, uchta transport vositasini va ikkita "Akatsiya" va "Giatsint-B" gaubitsalarini yo‘q qildi.
DXRning Novomixaylovka aholi punkti yaqinida UQKning 79-havo desant-shturm brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida 20 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta avtomashina va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi UQKning 132 ta pozitsilarda joylashgan ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
DXRning Serebranka qishlog‘i hududida UQKning 67-mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmalarining ikkita qo‘mondonlik va kuzatuv punkti yo‘q qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari AQShda ishlab chiqilgan ikkita HIMARS reaktiv tizimi raketasini, bitta "Neptun" kemaga qarshi raketasini va ikkita HARM radarga qarshi raketalarini tutib oldi.
Bundan tashqari, kun davomida LXRning Shipilovka, Kremennaya, Sofiyevka, Jitlovka, Zaliman, DXRning Kirillovka, Zaysevo, Zaporoje viloyatining Mirnoe va Nesteranka aholi punktlari hududlarida UQKning 27 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi,
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina Qurolli kuchlari jami 466 ta samolyot, 247 ta vertolot, 6206 ta uchuvchisiz uchish apparati, 433 ta zenit-raketa kompleksi, 11555 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1146 ta ko‘p raketali tizimlar jangovar texnikasi, 6107 ta artilleriya qurollari va minomotlari, 12 508 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.