TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Toshkent shahrining qator hududlarida sovuq suv jadval bo‘yicha vaqtincha o‘chiriladi, deya xabar bermoqda "Toshkent shahar suv ta’minoti" matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, 2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Manzillarni tumanlar kesimidagi havola orqali o‘tib, bilib olish mumkin:
Ta’mirlash ishlari 11-sentabrdan boshlanib, 13-oktabrgacha davom etadi. Suvsiz qolgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.