Turkiya aviakompaniyasi Samarqand va Bodrum o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

“Freebird Airlines” bu yo‘nalishdagi birinchi yo‘lovchi charter reysini 7-sentabr kuni amalga oshiradi.
Sputnik
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Turkiyaning “Freebird Airlines” aviakompaniyasi Samarqand – Bodrum – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” axborot xizmati xabar bermoqda.
Birinchi yo‘lovchi charter reysi 7-sentabrga mo‘ljallangan. Reyslar Airbus A320 rusumidagi samolyotlarda haftasiga bir marta - payshanba kunlari amalga oshiriladi.
“Freebird Airlines” - 2000-yilda tashkil etilgan, bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan turk aviakompaniyasi. Aviakompaniyaning asosiy bazasi Antaliya shahri hisoblanadi. Kompaniya Yevropa va Turkiya o‘rtasida xalqaro charter reyslarini hamda ichki reyslarni amalga oshiradi.