O‘zbekistonda ishdan olish va tayinlovlar — 21-avgustdan 28-avgustgacha

Sputnik o‘tgan hafta davomida O‘zbekiston Respublikasining turli idoralarida amalga oshirilgan lavozimga tayinlash va lavozimdan olish bo‘yicha ma’lumotlarni to‘pladi.
Sputnik
O‘tgan haftada O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Prezident yordamchilari
Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar u Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Saida Mirziyoyeva
Aziz Magrupov ham prezident yordamchisi etib tayinlandi.
Prezident maslahatchilari
Ravshan Gulyamov prezidentning iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
Alisher Sultanov prezidentning energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
Ministr energetiki Uzbekistana Alisher Sultanov
Shuxrat G‘aniyev prezidentning agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
Muzaffar Kamilov prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
G‘ofurjon Mirzayev prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;
Doniyor Kadirov prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Administratsiya departamentlari rahbarlari
Komil Allamjonov Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimiga;
Komil Allamjonov, Press-sekretar Prezidenta Uzbekistana
Odil Abduraxmanov Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimiga;
Kaxramon Kuranbayev Prezident Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimiga;
Alisherbek Paygamov Prezident Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining rahbari lavozimiga;
Nodirjon Abduraximov Prezident Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamentining rahbari lavozimiga;
Utkirjon Kodirov Prezident Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi.
Bundan tashqari, Ulugbek Kurbanov Prezident protokolining rahbari, Sherzod Asadov Prezident matbuot kotibi, Saidlaziz Saidkarimov Prezident Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
TIV
O‘zbekistonning AQShdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Furqat Sidikov o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Braziliyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi. U 2022-yilning 14-noyabridan Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida o‘z faoliyatini olib borgan. 2023-yil 3-mart kuni O‘zbekistonning AQShdagi elchisi etib tasdiqlangan.
Furkat Sidikov, noviy posol Uzbekistana v SShA.
Vazirlar Mahkamasi
Toxirjon Rapikov Bosh vazir o‘rinbosarining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan Bosh vazir kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamenti rahbarining o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.