TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Mustaqillik bayrami munosabati bilan pensiya to‘lovlari kartaga muddatidan oldin tashlab beriladi. Bu haqda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bayrami munosabati bilan 1-sentabr — juma hamda 2−3 sentabr shanba va yakshanba dam olish kunlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu sababli pensiya va nafaqa to‘lovlarini bank karta (naqd pulsiz) shaklda oluvchi fuqarolarning sentabr oyi uchun pensiya va nafaqalari 29−31 avgust kunlari plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.
Pullar naqd shaklda oluvchilarga esa 4-sentabrdan yetkazib beriladi.