TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, shayx Nuriddin Xoliqnazar Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi tomonidan “Intimak” (Birdamlik) medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
Mukofot kecha, 27-avgust kuni Bishkekda o‘tkazilgan Qirg‘iziston musulmonlari idorasi yangi binosining ochilish marosimida topshirildi.