Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkentda favqulodda qo‘ndi

Yshlovchi sog‘ligi yomonlashgani sababli ekipaj qo‘nishga qaror qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Rossiya aviakompaniyasining Tailanddan Moskvaga uchayotgan samolyoti Toshkentda favqulodda qo‘ndi, deb xabar qilmoqda "Uzbekistan Airports".
Rossiyaning "Azur Air" aviakompaniyasining Pxuket — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha ZF4002 reysini amalga oshirayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda kelib qo‘ndi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 18:50 da Toshkent aeroportiga keldi.
Yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli ekipaj muqobil aerodromga o‘tishga qaror qilgan. Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.