Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 28-avgustning asosiy xabarlari

Ukraina Qurolli kuchlari kun davomida turli yo‘nalishlarda 15 marotaba hujumga o‘tishga urindi va 600ga yaqin askarlari yaralandi va qurbon bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari

Mudofaa vazirligi 28-avgust hisoboti:

O‘tgan tunda Harbiy-dengiz floti UQKning aviatsiya qurollari va o‘q-dorilari omboriga dengizdan uzoq masofali yuqori aniqlikdagi qurollar bilan guruhli zarba berdi. Zarba nishonga yetib bordi, obyekt yo‘q qilindi.
Zaporojye yo‘nalishida Rossiya qurolli kuchlari Rabotino va Verbove aholi punktlari hududlarida UQKning 82-havo desant va 46-havo-desant brigadalarining yettita hujumini qaytardi. Kun davomida 160 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchilar, ikkita zirhli jangovar mashina, to‘rtta texnika, AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 artilleriya tizimi, AS90 "Brave Heart" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va Britaniyada ishlab chiqarilgan FH-70 to‘pi, shuningdek, ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari aviatsiya va artilleriya bilan hamkorlikda DXRning Klesheyevka va Krasnogorovka aholi punktlari hududlarida UQKning ikkita hujumni qaytardi. Ushbu yo‘nalishda dushman yo‘qotishlari 185 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar mashina, ikkita avtomobil, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, shuningdek, "Grad" reaktiv tizimini tashkil etdi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi Xarkov viloyatining Cinkovka va LXRning Novoselovskoe aholi punktlari hududlarida dushmanning ikkita hujumini qaytardi. Kun davomida 30 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta avtomashina, shuningdek, D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi LXRning Kuzmino qishlog‘i hududida UQKning 12-maxsus kuchlar brigadasi va 42-mexanizatsiyalashgan brigada bo‘linmalarining ikkita hujumini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 60 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita pikap, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va D-30 gaubitsasini tashkil etdi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlar guruhi DXRning Staromayorskoe qishlog‘i hududida UQK 31-dengiz piyodalari brigadasining ikkita hujumini qaytardi. Kun davomida dushman 100 nafargacha harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashinasini, uchta avtomashinasini, ikkita D-20 va Msta-B gaubitsalarini yo‘qotdi.
Xerson yo‘nalishida kun davomida 35 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta avtomashina, AQShda ishlab chiqarilgan M109 "Paladin" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi 128 ta tumanda dushmanning ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
LXRning Chervonaya Dibrova qishlog‘i hududida UQKning 67-mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmasi qo‘mondonlik va kuzatuv postiga zarba berildi.
Rossiya havo mudofaa kuchlari uchta JDAM boshqariladigan bomba va bitta HIMARS raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, Xerson viloyatining Drujelyubovka, Voskresenka, LXRning Lisichansk, Zaporojye viloyatining Mirne va Pologi, DXRNing Paraskoviyivka, Novoandreyevka, Soledarskiy va Lidiyevka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 27 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina jami 466 ta samolyot, 247 ta vertolot, 6179 ta uchuvchisiz uchish apparati, 433 ta zenit-raketa majmuasi, 11538 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1146 ta ko‘p raketali tizimlar jangovar texnikasi, 6095 ta artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 12 480 dona maxsus harbiy texnikasidan mahrum bo‘ldi.