TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Bugun, 28-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:35 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonda ham sezildi, deya xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Zilzila koordinatalari: 36,47 gradus shimoliy kenglik; 70,15 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik 200 km. Zilzila episentri Toshkentdan 539 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Surxondaryo viloyatida 3 ball, 269 km
Samarqand viloyatida 2-3 ball, 451 km
Jizzax viloyatida 2-3 ball, 454 km
Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 457 km
Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 463 km
Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 466 km
Andijon viloyatida 2 ball, 516 km
Namangan viloyatida 2 ball, 521 km
Toshkent shahrida 2 ball, 539 km.