TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar qildi.
“CAFA U-17 Championship–2023” turniri 21-avgustdan 27-avgustga qadar Tojikistonda bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Eron va mezbon Tojikiston jamoalari qatnashdi.
O‘zbekiston jamoasi musobaqa davomida 9 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Tojikiston ham shuncha ball to‘pladi. Biroq ular o‘rtasida 25-avgust kuni bo‘lib uchrashuvda Tojikiston g‘olib bo‘lgani (2:0 hisobida) sabab birinchi o‘rin mezbonlarga berildi.
Sbornaya Uzbekistana U-17
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Uchinchi o‘rin afg‘onistonlik futbolchilarga nasib etdi.
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Nurbek Sarsenbayev – turnirning eng yaxshi to‘purari (3 gol) sifatida e’tirof etildi.
Nurbek Sarsenbayev
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana