O‘zbek palovi Stokgolmda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada eng yaxshi milliy taom deb topildi

Yarmarka yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi “eng yaxshi milliy taom” yo‘nalishi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Joriy yilning 25-avgust kuni Buyuk Britaniyaning Shvetsiyadagi elchixonasi binosida “Food and Beer” milliy taom va ichimliklar ko‘rgazma yarmarkasi o‘tkazildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Tadbirda Armaniston, Avstriya, Belgiya, Bosniya va Gersegovina, Gretsiya, Islandiya, Latviya, Meksika, Slovakiya, Buyuk Britaniya, O‘zbekiston, Chexiya, Shvetsiya, Estoniya, Yaponiya va Avstraliya, Yangi Zelandiyaning diplomatik vakolatxonalari o‘zlarining milliy taomlari va ichimliklari bilan ishtirok etishdi.
O‘zbekiston vakillarining har yili o‘tkazilib kelinadigan ushbu madaniy ko‘rgazmadagi ilk qatnashuvi tadbir ishtirokchilari tomonidan iliq kutib olindi.
Yarmarka yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi “eng yaxshi milliy taom” yo‘nalishi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Barcha ishtirokchilar tomonidan O‘zbekistonning milliy taomlari juda yuqori baholandi.
Tadbir davomida shved biznes vakillari bilan O‘zbekiston mahsulotlarining Shvetsiyaga eksportini yo‘lga qo‘yish masalasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.