TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Kecha, 26-avgust kuni Muborak gazni qayta ishlash zavodining 5-sonli sexida gazdan oltingugurt ajratib oluvchi yangi qurilma ishga tushirildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ushbu qurilma zavodga bir qator yangi imkoniyatlar taqdim etadi.
Yangi qurilma gaz qabul qilishni qisqartirmagan holda ta’mirlash ishlarini olib borish imkonini beradi va ekologik jihatdan tozalashga erishiladi. Xususan, oltingugurt ajratib olish texnologik tarmoqlari ishlab chiqarish quvvatlari o‘rni qoplanib, ta’mirlashga to‘xtagan vaqtda kunlik 2-3 mln metr kub yuqori oltingugurtli tabiiy gaz qisqarishining oldi olinadi.
Ushbu qurilma ishga tushirilishi natijasida 1-5 tarmoq qurilmalarida birin-ketin ta’mirlash ishlarini olib borish va kuz-qish mavsumida barqaror va uzluksiz faoliyatni ta’minlash imkoni yuzaga keladi. Shu bilan birga yiliga 128,0 mln metr kub nordon gaz qabul qilish orqali, 72,5 ming tonna gaz tarkibidan oltingugurt ajratib olinadi va yuqori oltingugurtli tabiiy gaz hajmlari qisqarishi oldi olinadi.